Turmush

Assalomu alaykum! Qadrli ustozlar, 2 kundan beri bir masalada o‘ylanib qoldim, ya’ni ancha vaqt oldin turmush o‘rtog‘im bilan gap talashib, jaxlim chiqqanida “bo‘masam ota-onangni uyida qolaver» kabi ma’noda gapirgan edim, lekin ajrashish manosi xam, uni tark etish manosini xam xayolimga keltirmaganman. Turmush o‘rtog‘imdan so‘rasam eslay olmayapti sababini, men xam. O‘rtaga taloq tushib qolmaganmikan deb o‘ylanib qoldim. Iltimos maslaxat beringlar nima qilish kerak? Avvaldan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shak bilan taloq voqe’ bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar