Haydovchilik

Assalomu alaykum! Men suv etkazib berish firmasida haydovchi bo‘lib ishlayman. Ishimiz 20L hajmdagi suvlarni haridorlarga etkazib berishdan iborat. Bazida boshlig‘imiz o‘zining shaxsiy ishlari uchun biror joylarga borib kelishni yoki ahli oilalarini biror joyga olib borib qo‘yishni buyuradi. Vaholanki ishga kirishimda bular menga aytilmagan edi. Savolim shundayki boshlig‘im buyurgan, suv ishiga aloqador bo‘lmagan ishlarni qilishga majburmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelishuvga bog‘liq. Agar kelishuvda bu ishlar yo‘q bo‘lsa majbur emassiz. Vallohu a’lam!

13 Dekabr 2023, 11:26 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar