Payg‘ambarimiz aytgan gaplari haqida
Assalomu alaykum! Ijtimoiy tarmoqlarda bir narsaga ko‘zim tushib qoldi. Shu narsaga sizlarning ko‘magingiz bilan oydinlik kiritib olmoqchiman. Savolim : Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. bir juma kuni uyquga ketarkanlar tushlarida shuni ko‘ribdilar... Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. Allohning qarshisida va s.a.v. hazratlariga aytibdiki Bir hafta ichida 7000 ming kishi vafot etishini ammo bularning hech qaysinisi haqiqiy musulmon bo‘lmasligini va oxirgi zamonlarda juda ko‘pchilik insonlar Alloh buyurgan to‘g‘ri yo‘lida yurmasligini, bu zamonlar og‘ir zamonlar bo‘lishini, bu zamonlarda oilali ayol va erkak kishilar bir birlariga vafodor, sodiq bo‘lmasliklarini, yosh qizlarni erkaklar kabi har qanday erlarga kirib chiqishlari, iffatli kiyinmasliklarini, barcha yoshlarni ota-onalarini va boshqalarni o‘zaro hurmat qilmasliklarini,boy insonlarni faqir insonlar bilan ishlari bo‘lmasliklarini va ortiq sadaqa va zakot ulashmasliklarini, insonlarni namoz o‘qimasliklarini, ro‘za tutmasliklarini, qiyomat yaqinlashgandan biroz oldin osmonda faqat bitta yulduz qolishi va duo eshiklarini yopilishini, Qur’ondagi barcha yozuvlar o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketishini, quyoshni dunyoga yaqinlashgan holda teskari tomonga botishini, Payg‘ambarimiz s.a.v. shularni ham aytib o‘tganki kimki bularni o‘qirkan yonida insonlar bor bo‘lsa, ular ham eshitadigan darajada o‘qisin. Har kimki shunday qilsa,u insonga jannatdan bir joy ajratiladi. Yoki kimki bunga ishonmasa unga ham jahannamdan bir joy ajratiladi. Bu tushni aytgan Payg‘ambarimiz s.a.v. hazratlari bularni to‘ģri ekanligiga ishontirish uchun shu qasamni ichgan "Agarda aytgan gaplarim yolģon bo‘lsa haqiqiy musulmon kabi o‘lmayin!" deb aytgan ekanlar. Savolim: Payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v. rostdan ham shu qasamni ichganlarmi? Biz buni boshqalarga ham o‘qib bersak jannatdan joy ajratilishi qanchalik to‘g‘ri? Umumiy qilib aytganda yuqoridagi gaplar qanchalik to‘g‘ri, biror bir hadisda kelganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:36 | Savol-javoblar | 216 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis yo‘q. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:36 | Savol-javoblar | 216 | Dolzarb savollar