Harom ishlarga bosh bo‘lish

Assalomu alaykum! Bir yaqin do‘stim nomidan. Men Islom dinini endi tushuna boshladim. Men internetdagi turli xil sport o‘yinlariga pul tikib oladigan qimor saytlarni O‘zbekistonga olib kirgan odamlardan bir sobiq amaldorman. O‘sha payt ilmsiz odam bo‘lgan ekanman. Qanchalar gunoh ishlar bo‘ynimga ilinganini o‘ylasam yig‘lagim keladi. Men o‘zim shu harom qimor o‘yinlarni o‘ynab katta katta pullar yutdim. Harom baribir haqiqatda teshib chiqar ekan. Boshida xursand bo‘lib yuraverdim. Keyin keyin hammasi chappasiga ketdi. Hozir 2 ta farzandim bor 2 tasi ham nogiron. O‘zim ham yaqinda avto halokatga uchrab oyoqlarimdan ayrildim. Meni orqamdan qanchadan qancha musulmon birodarlarimiz ham shu harom o‘yinlarga berilib ketishdi. Endi men nima qilay maslahat beringlar. Shu oson yo‘llar bilan pul topaman deb yurgan musulmon birodarlarimiz bu yo‘llaridan qaytishsin. Bu harom pullar qachonlardir teshib surib ketar ekan bu dunyoda bo‘lmasa Oxiratda. Telegram sahifalaringizga ham joylang iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng alamli joyi siz olib kirgan qimor qancha davom etsa va kimlar o‘ynasa hammasining gunohidan nasibadorsiz. Astoydil tavba qiling. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 16:53 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar