Alloh bilan orani islox qilish

Assalomu alaykum! Ma’lumki, bu dunyoda inson borki hohlasa hohlamasa boshqa bir inson bilan xar xil ko‘rinishda aloqaga kirishadi. Menimcha bu o‘ta xayotning eng muhim qismlaridan biri. Negizini olib qaralsa barcha muammolar aloqa yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganidan. Bu borada ancha adabiyotlarga murojaat qildim, ammo ko‘nglim to‘lmadi. Shunda Sizlarning kanalingizda kelgan savolga "Alloh bilan orani isloh qilsa, Alloh xam shu bandani boshqalar bilan orasini isloh qiladi" degan mazmunda javob berdingiz. Noto‘g‘ri tushungan bo‘lsam ming bor uzr. Savol: Alloh bilan orani qanday qilib isloh qilish mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taoloning farzlarini ado qilib, qaytarganlarida qaytsa, Alloh taolo unday insonning fikrini to‘g‘ri va insonlarni unga muhabbatli qilib qo‘yadi. Bu  ikki karra ikki to‘rt kabi aniq narsa. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 174 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar