Kafforat ro‘zasini ochib yuborish

Assalomu alaykum! Kafforat ro‘zasini orada qastdan ochsa, qaytadan 60 kun paydar-pay tutish kerak bo‘lar ekan. Agar qasdan buzilmasachi bir kunni olib tashlab davom ettirsa bo‘ladimi? Misol uchun (misol hunukligi uchun uzur ammo menda bu muammo bor va ko‘proq aynan shu masala qiziqtiryapdi, kafforatni boshlashimdan oldin) og‘izni to‘ldirib qusib yuborilsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ro‘zasi beixtiyor buzilsa ham kafforotni boshqatdan boshidan boshlaydi. Vallohu a’lam!

14 Dekabr 2023, 11:46 | Savol-javoblar | 0 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar