Og‘iz ochish va yopishdagi duo

Assalomu alaykum! Men Yaponiyada yashayman. InshaAlloh baxoli qudrat farzimiz bo‘lgan 5 vaqt namozni ado etib kelyapman. Va shu bilan birgalikda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlaridek o‘zimga dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutyapman. Shu kunlardagi ro‘zada og‘iz yopish va ochishda aslida boshqa duolar qilinadimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar qazo ro‘zalaringiz bo‘lsa, qazo deb niyat qilsangiz yaxshi. Ham o‘sha kunni ro‘za tutib o‘tkazgan bo‘lasiz hamda qazo zimmangizdan ado bo‘ladi.  Eng oxirgi qoldirgan ro‘zamning qazosini tutishni niyat qildim desangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:40 | Savol-javoblar | 171 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar