Halolmikin?

Assalomu alaykum! Man kalla pochcha hasib qiladiganla oilasiga kelin bo‘lib tushganman. Hasib soldirishga kelgan odamladan guruch, piyoz, go‘sht olishadi, lekin go‘shtni olib ro‘zg‘ordagi ovqatga ishlatirishadi. Bu go‘sht halol bo‘ladimi bizaga? Qurbon hayit yaqinlashmoqda, 45-50 tacha odamga kalla tozalab hasib solib berishadi. Uyga go‘sht yig‘iladi, shu bizaga halolmikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol emas. Qaysi go‘shtni berishgan bo‘lsa aynan o‘shani qaytarishingiz shart. Vallohu a’lam!

22 Iyul 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 170 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar