Taksikoz xolatda ajrashish

Assalomu alaykum! Bir qarindoshimiz 4-5 oy avval turmush qurdi. To‘ydan avval shariatga muvofiq uchrashishdi va bir birlarini yoqtirishti xam. To‘y o‘tib kelin xomilador bo‘ldi. Shu xomiladorlikda taksikoz degan xolat bo‘libdi. Erini va umuman o‘sha xonadondagilarni ko‘rsa, ko‘ngli aynib ketadigan darajada bo‘lib qolibdi. Men ajanblanib shunaqa xam bo‘ladimi desam, ayolim: Xa, taksikoz xolatda shunaqa bo‘ladi, biron narsaga chidab bo‘lmas darajada ko‘ngil aynish, bexuzur bo‘ladi yoki biron narsani qattiq xoxlaydi deb aytdi. Afsuski oxir oqibat ular ajrashishti xam. 3 oylik xomilasi bilan. 3-4 kun bo‘ldi, kelin tomon yuklarini olib ketdi. Men er-xotin orasini sovutadigan shaytonning ishi, sexr va shunga o‘xshash narsalar bilan sodir bo‘ladi deb o‘ylarkanman. Umuman bu xolatda kelin va kuyov tomon qanday yo‘l tutmog‘i afzal edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaqtincha kelin o‘zi xohlab turgan joyga ketib turishi kerak edi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:45 | Savol-javoblar | 171 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar