Ota onaga istig‘for qanday aytiladi

Assalomu alaykum! Onam vafot etgan, Allohim gunoxlarini kechirishin so‘rayman. Ota-onaga istig‘for qanday aytiladi arabchada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onaga istig‘for aytishning siyog‘alari ko‘p bo‘lib, «Ibrohim» surasining 41-oyatida shunday deyiladi:رَبَّنَا اغفِر لي وَلِوالِدَيَّ وَلِلمُؤمِنينَ يَومَ يَقومُ الحِسابُ «Robbimiz, meni, ota-onamni va mo‘minlarni hisob qilinadigan kuni mag‘firat aylagin».
Hisob qilinadigan kun deganda qiyomat tushuniladi, albatta. O‘sha kunda Allohning mag‘firati bo‘lmasa, hech kim najot topmaydi. Ibrohim alayhissalomning bu mashhur duolarida Muhammad sollallohu alayhi vasallamni inkor etib turgan mushriklarga qarshi ma’nolar ketma-ket kelishi bilan birga, mo‘minlarning qalbiga quvvat beruvchi ma’nolar ham kelganini ko‘rdik. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:24 | Savol-javoblar | 218 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar