Ota-onadan keyin

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ota-onamdan 48 kun ichida ayrildik. Tabiyiki ulardan keyin duodamiz. Duodan boshqa yana nimalar qilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ulamolarimiz : “Farzand oz-oz bo‘lsada, ota-onadan keyin tez-tez ham moliyaviy, ham badaniy(ro‘za, haj va namoz kabi) ibodatlarni qilib savobini bag‘ishlab turish kerak. Shu bilan birga ularning haqqlariga istig‘forlar aytib, duolarda bardavom bo‘lishi kerak” deyishadi. Abu Hanifa rahmatullohi alayh har namozdan keyin ustozlarining haqqlariga duo qilishlari zikr qilingan. Hatto ba’zi ulamolar “Farzandlar qiladigan barcha nafl ibodatlarining savobini ota-onaga bag‘ishlashlari kerak” degan gapni ham aytganlar. Ularni ortidan qilinadigan eng ulug‘ ish, ularni hayotliklarida qoldirgan ro‘za va namozlarining fidyalarini ado qilib, zimmalarini javobgarlikdan qutiltirishdir. Bu ishni ular vasiyat qilsalar vojib darajadagi ishdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:15 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar