Yaxudiylar daraxti

Assalomu alaykum! Men bir xadis eshitib qoldim, xadisda "Payg‘ambarimiz solallohu alayxi vassallam “Musulmonlar va yaxudiylar o‘rtasida urush bo‘lmaguncha qiyomat bo‘lmaydi. Bu urushda musulmonlar g‘olib bo‘ladi, hattoki tosh daraxtlar “ey musulmon meni orqamda yaxudiy bor, uni o‘ldir” dep aytadi. Faqat bir daraxt aytmaydi u daraxt yaxudiylarni daraxti" degan ekanlar. Shu xadis to‘g‘ri va sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Muslimning “Sahih”larida kelgan hadis: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «لَا تَقُومُ السَّاعَةُ حَتَّى يُقَاتِلَ الْمُسْلِمُونَ الْيَهُودَ، فَيَقْتُلُهُمُ الْمُسْلِمُونَ حَتَّى يَخْتَبِئَ الْيَهُودِيُّ مِنْ وَرَاءِ الْحَجَرِ وَالشَّجَرِ، فَيَقُولُ الْحَجَرُ أَوِ الشَّجَرُ: يَا مُسْلِمُ يَا عَبْدَ اللهِ، هَذَا يَهُودِيٌّ خَلْفِي، فَتَعَالَ فَاقْتُلْهُ، إِلَّا الْغَرْقَدَ، فَإِنَّهُ مِنْ شَجَرِ الْيَهُودِ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Musulmonlar yahudiylarga qarshi urush qilmaguncha Qiyomat qoim bo‘lmaydi. Musulmonlar ularni o‘ldiradilar, hattoki bir yahudiy tosh va daraxtning ortiga berkina boshlasa, o‘sha tosh yoki daraxt: «Hoy musulmon! Ey Allohning bandasi! Mana yahudiy, ortimda! Kel, uni o‘ldir!» deydi. Faqat G‘arqad* daraxti mustasno, chunki u yahudiylarning daraxtidir».

* G‘arqad – tikanli daraxt. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:51 | Savol-javoblar | 213 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar