Olingan pullarni qaytarish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Men bir necha yil nazorat qiluvchi organda ishladim. Shu yillar davomida ko‘pchilikdan ishini bitirib berish uchun ancha miqdorda (yana horijiy valyutada) pul olganman. Ularning aksariyati bu pullarni o‘zlari rozi bo‘lib bergan. Ushbu pullarni aralashtirib uchastka oldim, hovli-joy soldim (lekin farzandlar luqmasi uchun umuman ishlatmaganman), markab oldim. Meni qiynayotgan savol men o‘sha olgan pullarni qaytarishim kerakmi? Qay yo‘sinda? Bir paytlar bir domla shunday yoki boshqacha aytganda poraxo‘rlik bilan topilgan pullarni egalarini topishga ko‘zingiz etmasa, ularning nomidan savob umid qilmasdan bechoralarga ehson qiling, Alloh karami keng zot, O‘zi fazli bilan kechiradi degan edi. Shunday qilishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U mollar o‘zingiz bilganingizdek harom mol hisoblanadi. Egalarini topolmasangiz, o‘zingiz aytganingizdaek faqir-miskinlarga sadaqa qilishingiz kerak. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom