Bankshot

Assalomu alaykum! Hozirgi vaqtda chet elda o‘qish yoki ishlash uchun xujjat qilinmoqda. Shu xujjatlar orasida bankshot deb nomlangan xujjatni ham qilish kerak. Bankshot bu 1 kishi uchun uning nomiga xisob raqam ochiladi va 2 kishi tomonidan 1 kishi nomiga pul qo‘yiladi va shu qilgan ya’ni pulini begona kishi uchun nomiga pul qo‘yib bergani uchun 1-insondan 2-inson qancha pul qo‘ygan bo‘lsa shuni 1% oladi va 1-2 kundan so‘ng 1kishi nomidagi puli bankdan oladi. Masalan 10000$=1%=100$ shu ishi sudxo‘rlikga kiradimi? Lekin men o‘zim ham xozir koreyada taxsil olaman. O‘zim ham kelishimdan oldin shu xujjatni qilganman, lekin xozirgi paytda koreyaga o‘qish uchun kelmoqchi bo‘lgan har bir o‘quvchi endi bankshotni eng kamida 30 kun muddati bo‘lishi kerak degan qonun chiqarildi. Buni qaysi tomon chiqargani menga qorong‘u, shu 30 kunlik bankshot uchun 2 kishi 1 kishidan eng kamida 800$ dan 1200$ gacha xizmat puli olmoqda. 2 kishini shu ishlari sudxo‘rlikga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qarzga pul olib ustama qo‘shib berish bo‘lib, shariatda bu ish sudxo‘rlik deyiladi. Bunday qilmaslik kerak. عن أبي هريرة رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرِّبَا سَبْعُونَ حَوْبًا، أَيْسَرُهَا نِكَاحُ الرَّجُلِ أُمَّهُ، وَأَرْبَى الرِّبَا : اسْتِطَالَةُ الرَّجُلِ فِي عِرْضِ أَخِيهِ.  ورواه الإمام أحمد في المسند Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ribo etmish juzdir, uni(gunohi)ng eng engili kishi onasi bilan yaqinlik qilish bilan barobardir. Riboning eng kattasi kishi o‘z birodarining obro‘sini to‘kishdir”.
Imom Ahmad “Musnad”larida rivoyat qilganlar. عن عبد الله بن حنظلة غسيل الملائكة قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: درهم ربا يأكله الرجل وهو يعلم أشد من ست وثلاثين زنية. رواه أحمد، والطبراني في الكبير Abdullohb ibn Hanzala(farishtalar g‘usl qildirgan zot) roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi bilib turib ribodan bir dirham eyishi 36 bor zino qilishdan qattiqdir” dedilar.
Imom Ahamad va Tabaroniylar rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 139 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar