Besh marta emish bilan mahram bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Domla, bir joyda o‘qib qoldim. Agar ayol begonani bolasini(qizini) 5 marttagacha emizmaguncha uning o‘g‘li unga maxram bo‘lmaydi deyilgan. Shu xaqida ma’lumot beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobida quyidagicha berilgan:يَثْبُتُ بِمَصَّةٍ فِي حَوْلَيْنِ وَنِصْفٍ فَقَطْ أُمُومَةُ الْمُرْضِعَةِ وَأُبُوَّةُ زَوْجٍ لَبَنُهَا مِنْهُ لِلرَّضِيعِ، فَيَحْرُمَانِ مَعَ قَوْمِهِمَا عَلَيْهِ كَالنَّسَبِ وَفُرُوعُهُ وَالزَّوْجَانِ عَلَيْهِمَا، وَتَحِلُّ أُخْتُ أَخِيهِ رِضَاعًا كَمَا فِي النَّسَبِ وَالْاِحْتِقَانُ بِلَبَنِ الْمَرْأَةِ وَلَبَنِ الرَّجُلِ وَمَا خُلِطَ بِطَعَامٍ لَا يُحَرِّمُ، وَبِغَيْرِهِ تُعْتَبَرُ الْغَلَبَةُ، وَيُحَرِّمُ الْاِسْتِعَاطُ وَلَبَنُ الْبِكْرِ وَالْمَيِّتَةِ Faqat ikki yarim yil ichida bir so‘rish bilan emuvchi uchun emizuvchining onaligi va uning sutiga sabab bo‘lgan erining otaligi sobit bo‘ladi. Bas, ikkovlari o‘z qavmlari bilan unga xuddi nasabdagi kabi harom bo‘ladilar. Emgandan tarqalganlar va emganning er va xotini ham ikkovlariga harom bo‘ladi. Xuddi nasabdagi kabi emishgan birodarining singlisi unga halol bo‘ladi. Igna yordamida yuborilgan sut, erkakning suti va taomga aralashtirilgan sut ila haromlik sobit bo‘lmaydi.
Taomdan boshqaga aralashtirilganda g‘olib taraf e’tiborga olinadi. Burundan kirgan, bokiraning va o‘lik ayolning suti ila haromlik sobit bo‘ladi.
Begona ayolni emish tufayli halol-haromga bog‘liq o‘ta ahamiyatli hukmlar kelib chiqadi.
Odatda emizish masalasi hadis va fiqh kitoblarimizda doimo nikohga qo‘shib zikr qilinadi. Biz sharh qilayotgan «Muxtasari Viqoya»da ham shunday bo‘lgan.
Faqat ikki yarim yil ichida bir so‘rish bilan.
Bir marta so‘rsa va sut kirsa mahram bo‘ladi. Odatda emizishlik masalasi asosan hadis va fiqh kitoblarimizda doimo nikohga qo‘shib zikr qilinadi. «Muxtasari Viqoya»da ham shundoq bo‘lgan. Emizishlik faqat ikki yarim yil ichida bir so‘rishlik bilan sobit bo‘ladi. Bu muddatni Alloh taolo Qur’oni Karimda: «Va uning homilasi va ko‘krakdan ajratishi o‘ttiz oydir», (Ahqof:15) degan oyat bilan belgilab qo‘ygan. Bu Abu Hanifa rahmatullohi alayhning ijtihodlari. Ammo imom Abu Yusuf va Muhammadlar ikki yil deganlar. Ularning dalili «Volidalar bolalarini ikki to‘liq yil emizurlar. Kim emizishni batamom qilishni xohlasa», degan oyatdir. Xuddi shu ma’no Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir necha hadisi shariflarida ham ta’kidlangan. Demak, bola ikki yoshidan keyin emsa, shar’iy emizish sobit bo‘lmaydi. Agar bola onani bir marta emgan bo‘lsa ham turmush qurib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:54 | Savol-javoblar | 192 | Dolzarb savollar