Yana tortishsang taloqsan desa
Assalomu alaykum! Ayol erining onasi bilan ikki marta tortishgan. Eri qiziqqonlik qilib, “agar yana bir marta onam bilan tortishsang uch taloqsan” degan. Endi aytgan so‘zlaridan afsusda. Axir yillar davomida erining onasi bilan yana tortishib qolishi mumkinku. Shu so‘zini qaytarib olsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu qasam bo‘lib, qaytarib olishni imkoni yo‘q. Qutilish yo‘li xotiningizni bir taloq boin(raj’iy emas) qo‘yasiz, iddasi chiqadi va onangiz bilan tortishadi. Shunda qasam echiladi, lekin u tortishgan vaqtida sizni xotiningiz bo‘lmagani uchun taloq tushmaydi. Unatmang, bundan avval ikki taloq qo‘ygan bo‘lsangiz bu uchinchi taloq bo‘ladi. iddasi chiqmasdan oldin tortishib qo‘ysa ham uch taloq tushadi. Iddasini ichida er xotinlik degan narsalar butkul to‘xtaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:54 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush