Tasbeh namozini jamoat bilan o‘qish joizmi?

hurmatli shayx hazratlari! Men hozir Ostona shahridaman, bu erda qadr kechasida jamoat bilan tasbeh namozi o‘qildi, 2 rakatdan 4 rakat. Savol: Bizning mashabda tasbeh namozini shu tariqa o‘qish to‘g‘rimi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa qaysi mashabda shunday o‘qiladi? Yana bir narsa sizning chop etilayotgan kitoblaringizni qozoq tiliga tarjima qilib, qozoq qardoshlarimizga etkazilsa juda ham yaxshi bo‘lardi, ayni paytda juda ham zarur ekan. Alloh umringizga va qalamingizga barakot bersin! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu namoz hadisda kelgan. Jamoat bilan o‘qish aytilmagan. Kitoblarimizni qozoq tilida chaqarishni qozoq birodarlarimiz boshlashdi. Ikkita kitob chiqdi.

26 May 2022, 21:58 | Savol-javoblar | 149 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar