Dinni ushlash cho‘g‘ni ushlash kabi hadisi
Assalomu alaykum! Bir ummat bor ekanki dinlariga rioya qilishi qizigan cho‘g‘ni ushlash bilan barobar ekan. Iltimos shu xadisni to‘lig‘ini aytib beringlar, malol kelmasa sharxi bilan, Alloh ilmingizga ilm qo‘shsin va bizga ham nasib etsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! وَقَالَ أَبُو أُمَيَّةَ الشَّعْبَانِيُّ: سَأَلْتُ أَبَا ثَعْلَبَةَ عَنْ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ عَلَيْكُمْ أَنفُسَكُمْ الْآيَةَ. فَقَالَ: أَمَا وَاللهِ لَقَدْ سَأَلْتَ عَنْهَا خَبِيرًا، سَأَلْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: بَلِ ائْتَمِرُوا بِالْمَعْرُوفِ وَتَنَاهَوْا عَنِ الْمُنْكَرِ حَتَّى إِذَا رَأَيْتَ شُحًّا مُطَاعًا وَهَوًى مُتَّبَعًا، وَدُنْيَا مُؤْثَرَةً وَإِعْجَابَ كُلِّ ذِي رَأْيٍ بِرَأْيِهِ، فَعَلَيْكَ بِخَاصَّةِ نَفْسِكَ، وَدَعِ الْعَوَامَّ، فَإِنَّ مِنْ وَرَائِكُمْ أَيَّامًا الصَّبْرُ فِيهِنَّ مِثْلُ الْقَبْضِ عَلَى الْجَمْرِ، لِلْعَامِلِ فِيهِنَّ مِثْلُ أَجْرِ خَمْسِينَ رَجُلًا يَعْمَلُونَ مِثْلَ عَمَلِكُمْ، قِيلَ: يَا رَسُولَ اللهِ، أَجْرُ خَمْسِينَ رَجُلًا مِنَّا أَوْ مِنْهُمْ؟ قَالَ: بَلْ أَجْرُ خَمْسِينَ مِنْكُمْ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Abu Umayya Sha’boniy aytadi:
«Abu Sa’labadan «Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni biling…» oyati haqida so‘radim. Bas, u:
«Ammo Allohga qasamki, men u haqda eng xabardor shaxsdan – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘raganman. O‘shanda u zot:
«Amri ma’ruf va nahyi munkarda bardavom bo‘linglar. Toki itoat qilingan qizg‘anchiqlikni, ergashilgan havoni, ta’siri kuchli dunyoni va har bir ra’y egasining o‘z ra’yidan faxrlanishini ko‘rsang, o‘zingni o‘zing bil. Avomlarni qo‘y. Hali orqadan bir kunlar keladi. Ularda sabr cho‘g‘ni tutgandek bo‘ladi. O‘sha kunlarda amal qiluvchiga sizning amalingizni qiluvchilardan ellik kishining ajri bo‘ladi», dedilar.
«Yo Allohning Rasuli, bizdan ellik kishining ajrimi yoki ulardan?» deyildi.
«Yo‘q. Sizlardan ellik kishining ajri», dedilar».
Ikkisini Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Sharh: Demak, Moida surasidagi «Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni biling» oyatidan xabardor bo‘lgan odam o‘zimni bilsam bo‘ldi ekan deb, beparvo bo‘lmasligi kerak. Oyati karimadagi bu ma’no maxsus holat uchun aytilgan.
Shu bilan birga, «har kim qilsa, o‘ziga qiladi», degan ma’no oxiratda jazo yoki mukofot olishga tegishli gapdir. Musulmon odam bu gapni bu dunyoda o‘ziga shior qilib olmaydi. Balki amru ma’ruf va nahyi munkar har bir musulmonga farzligini unutmaydi. Musulmonning vazifasi da’vat qilish va undan qolmaslik. Hidoyatga solish esa, Allohning ishi. Hidoyatdagi kishi boshqalarning ham hidoyatga erishishini istaydi va xolis nasihatni ayamaydi. Alloh o‘nglab hidoyatga tushgan birodari uchun xursand bo‘ladi. Bosh tortgan esa, o‘z qilmishiga o‘zi javob beraveradi. Uning uchun da’vatchi musulmon javob bermaydi. Zalolatdan chiqishni istamaganlar bilan bo‘ladigan munosabat ana shu. Ammo hidoyatga tushib, musulmonlar jamiyati a’zosi bo‘lganlarning o‘zaro aloqalari shariat asosida, ishonchli aloqa bo‘laveradi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:56 | Savol-javoblar | 192 | Hadislar