Safarga kuzatayotganda o‘qiladigan duo

Assalomu alaykum! Farzandlarimni biror joyga jo‘natayotganda duo qilayotib “Allohim panoxida saqlasin. Alloh panoxiga topshirdim. Allohimga omonat topshirdim” deb duo qilarkanman. Endi-endi bu duo to‘g‘rimikin yoki noto‘g‘rimi deb ikkilanib qolyabman. Safarga ketayotganda nima deb duo qilinadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Allohga omonat topshirdim deb duo qilganlar. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا أَنَّهُ كَانَ يَقُولُ لِلرَّجُلِ إِذَا أَرَادَ سَفَرًا: ادْنُ مِنِّي أُوَدِّعْكَ كَمَا كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُوَدِّعُنَا فَيَقُولُ: أَسْتَوْدِعُ اللهَ دِينَكَ وَأَمَانَتَكَ وَخَوَاتِيمَ عَمَلِكَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ  Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«U kishi safarni iroda qilgan odamga «Menga yaqin kel. Sen bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biz ila vidolashganlaridek vidolashib qo‘yay. U zot «Astavdi’ulloha dinaka va amonataka va xavotiyma a’molika», deb aytardilar», der edi».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Safarga jo‘nab ketayotgan odam bilan vidolashuv mustahabdir. Ushbu rivoyatdagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlarning ma’nosi «Allohdan diningni, ahli ayolingni, molu mulkingni va ishlaringning oxirini muhofaza qilishini so‘rayman»dir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:56 | Savol-javoblar | 245 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar