Namoz haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Biz bilan u (mushriklar) o‘rtasidagi axd — namozdir. Kim namozni tark etsa — kofir bo‘libdi. Shu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadis sahih. Ushbu hadisning sharhida fuqaholar turlicha fikrga borganlar. 1). Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh hadisning zohirini olib, kofir bo‘ladi deganlar. 2). Shofe’iy va molikiylar. Namoz o‘qimaslik gunohi kabira, lekin uni tark qiluvchi murtad bo‘lmaydi. Ammo jazosi og‘ir deganlar. Xuddi turmush qurib zino qilgan kishi kabi. 3). Abu Hanifa rahmatullohi alayh, qasddan tark qilish kufr yoki murtadlik emas. Jazosi ham o‘lim emas, lekin oqibati o‘ta yomon bo‘lganligidan qozi unga ta’zir berishi mumkin – deganlar. Hadisdagi kufr so‘zini “Kufrun duuna kufrin” ya’ni dindan chiqarmaydigan kufr deganlar. Ba’zi ulamolar namoz o‘qimaslik kofirlar qiladigan ishdir – deganlar. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 186 | Hadislar