Ota onaga itoat darajasi

Assalomu alaykum! Ota onaga itoat qanchalik darajada bo‘ladi, masalan farzga qarshilik qilishsa itoat qilinmaydi. Lekin sunnati muakkadagachi, sunnati zoidagachi, mustahabgachi, ular bulardan qaytarishsa itoat qilinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon boricha ota-onaning va shariat buyruqlarining o‘rtasini muvofiqlashtirish, ya’ni ikkisini ham bajarishga harakat qilish lozim. Ikkisi bir-biriga zid kelib qolsa shariat buyurgan farz va vojib amallar ustun qo‘yiladi. Undan boshqalarida esa ota-onaning buyrug‘i ustun qo‘yiladi. Ammo sunnat va mustahablarni bajarmaslikka ota-onaning xo‘rsinishini bahona qilib olmaslik kerak. Alloh taolo haqiqiy uzr tufayli amal qila olmaganlar bilan amal qilmaslikka bahona izlovchilar qalbini juda yaxshi biladi. O‘zimizni o‘zimiz aldab qo‘ymaylik. Vallohu a’lam!

4 Sentabr 2023, 21:47 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar