Dostavshikning xarom ishlari

Assalomu alaykum! Mening akam sok firmada savdo agenti bo‘lib ishlaydilar. Ishlari dokonlardan zakaz olish. Ularda ko‘pincha turli aksiyalar bo‘ladi masalan 4% skidka va shunga o‘xshash. Lekin hamma do‘konlar ham bundan xabardor bo‘lmaydi ya’ni bazilari aksiya bor yo‘qligini so‘rashadi bazilari esa so‘ramasdan aksiyadan bexabar qoladi. Shunda ertasi kuni dostavshik akamga telefon qilib qaysi do‘konlarni aksiyadan xabari boru qaysilarining xabari yo‘qligini so‘raydi va bexabarlarining aksiyasini o‘ziga oladi. Masalan bir millionlik zakaz bo‘lgan bo‘lsa 40 mingni eydi. Akam umuman u puldan olmaydi, lekin gap shundaki u qongiroq qilgan paytda unga bexabarlarni aytayotgani uchun akam uning gunoxiga sherik bo‘lib qolmayapmanmi deb qattiq o‘ylanmoqda. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sherik bo‘ladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar