Farishtalarni rozi qilish?
Assalomu alaykum! Bir kishi farishtalarni rozi qilish haqida gapirdi. U kishi "momo oshi" va "mushkul kushod" kabi marosimlarni farishtalar roziligi uchun qilinadi, farishtilar roziligini ham olish kerakli – dedi. Farishtalarni ham roziligini olish bormi dinimizda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohdan boshqasining roziligi olinmaydi. Ota-onaning roziligi Alloh buyurgani uchundir. Biror oyat yoki hadisda farishtalarni rozi qilish kerak degan gap yo‘q. Siz aytgan gaplar shirk hisoblanadi bundan qattiq saqlanish kerak. Bir narsani aniq biling Alloh bermasa hech kim berolmaydi. Alloh bersa hech kim to‘solmaydi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 162 | Aqiyda