Er vafotidan keyin ayol kimning izmida bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Ayol eri olamdan o‘tgan bo‘lsa farzandlari bilan er uyida yashamoqda. Qaynona qaynotasi doim xabar olishadi, xech narsaga muxtoj qilmaydi, to‘y exsonlarni qaynotasi bosh turib qilinadi, kunlik ro‘zg‘orda kerak bo‘ladigan mayda-chuyda narsalarga o‘zlari xarajat qiladi. Ayolning o‘g‘li oppoqdadasi bilan birga ishlaydi (dadasini dadasi bilan) ayol “Qaynotam men bilan ishi bo‘lmasin, menga erkinlik kerak. Men xech kimni izmidamasman otinchadan so‘radim deyapti. Yana turmush qurishini aytganda qaynotasi yo‘q deb javob bergan. Kelin 48 yoshda, bu ayol kimning izmida bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Beva ayol bilan maslahat qilinadi bokira ayoldan izn so‘ralinadi,” deganlar. Ya’ni beva ayolning ixtiyori o‘zida bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar