Vaqtincha ilmsiz imom

Assalomu alaykum! Qarshi rayondanman, masjidimiz imomi bir kunda 2-3 mahal namozni kelib o‘qib beradilar, qolgan payt qiroati xato odam o‘qib beradilar. Men yurak yutib u kishiga siz qiroatingiz juda yomon dedim va u kishi sen menga iqtido qilib o‘qiyver notug‘ri bo‘lsa senga emas, menga bo‘ladi dedilar. Muqtadiylarni namoziga ziyon etmaydi dedilar. Shu to‘g‘rimi? Meni namozim yaxshi suratda ado bo‘lgan hisoblayveraymi? 2). Men faqat masjidni doimiy imomi keladigan paytda chiqsam bo‘ladimi masjidga?3). Jamoatda yosh lekin qiroati tiniq to‘g‘rilar bor, ular ham qayta o‘qiydimi? Masjidda qayta o‘qisa ham bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sizga aytgan odam noto‘g‘ri aytibdi. Ado bo‘lmagan keyinchalik qanday qilib to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. 2). Masjidga chiqing, agar u odam o‘tadigan bo‘lsa qaytadan o‘qib oling. Fitnaga sabab bo‘ladigan ish qilmang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 139 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar