Mebelni nasiyaga sotish

Assalomu alaykum! Men xunarmandman, mebel ishlab chiqaraman. Bir kishidan zakaz olgandim narxini boshida bir summaga kelishgandik. U kishi yarim summasin berib yarmini 2 oydan so‘ng bersam bo‘ladimi dedi. Yonimdagi sherigim summa qo‘shilishini taklif qildi, ya’ni 2 oy ichida 200 ming so‘m. Shu ishimiz sudxo‘rlikka kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Naqdda boshqa, nasiyaga boshqa narx belgilashingiz mumkin. Savdo vaqtida ikkisidan birini aniqlab tayinlab olinglar. Ya’ni "Naqd olib kelsangiz etadi, cho‘zsangiz shuncha olib kelasiz" deb noaniq shaklda savdoni tugatmanglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar