Chiqindilarini mashinasidan uloqtiruvchi kishilarga
Assalomu alaykum! Yaxshi odamlar juda ko‘p, lekin bazi odamlar ozgina befahmlik qilmoqda. Ular ko‘chalarni axlat uyumlari bilan to‘ldirishmoqda. Bu xaqida ozgina munosabat bildirsangiz xursand bo‘lar edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘chada yo‘lovchilarga ozor beradigan narsalarni tashlash shar’an qoralangan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الْإِيمَانُ بِضْعٌ وَسَبْعُونَ أَوْ بِضْعٌ وَسِتُّونَ شُعْبَةً، فَأَفْضَلُهَا قَوْلُ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَأَدْنَاهَا إِمَاطَةُ الْأَذَى عَنِ الطَّرِيقِ وَالْحَيَاءُ شُعْبَةٌ مِنَ الْإِيمَانِ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Iymon etmish nechta yoki oltmish nechta shu’badan iboratdir. Uning eng afzali «Laa ilaaha illalloh» demoq va eng kichigi, yo‘ldagi ozor beradigan narsani olib tashlash. Hayo, iymonning shu’basidir», dedilar».
Sharh: Ular yo‘ldan ozor beradigan narsani olib tashlashni iymon shu’basi darajasiga ko‘targan Islom diniga muhtojlar. Bu ehtiyoj kundan-kunga o‘sib bormoqda. Chunki dunyoda, insonlar ichida kundan-kunga iymonsizlar, iymoni zaiflar ko‘paymoqda, hayosizlar ko‘paymoqda. Insoniyat yo‘liga ozor beruvchi narsalarni tashlovchilar ko‘paymoqda. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: اتَّقُوا اللَّاعِنَيْنِ قَالُوا: وَمَا اللَّاعِنَانِ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: الَّذِي يَتَخَلَّى فِي طَرِيقِ النَّاسِ أَوْ فِي ظِلِّهِمْ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَمُسْلِمٌ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ikki la’nat keltiruvchi (ish)dan saqlaninglar», dedilar.
Odamlar:
«Ey Allohning Rasuli, ikki la’nat keltiruvchi (ish) nima?» dedilar. U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Odamlarning yo‘liga va soya joyiga xalo qilgan», dedilar».
Abu Dovud va Muslim rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifda ko‘pchilik foyda oladigan joylarni ehtirom qilish, bunday jamoatchilik joylarini ozoda saqlash haqida so‘z bormoqda.
Yo‘l – ko‘pchilik foydalanadigan joy. Unda kishilarga ozor beradigan, ko‘ngillarini g‘ash qiladigan narsalar bo‘lmasligi kerak. Agar biror kishi yo‘lga qazoi hojat qilib qo‘ysa, o‘tgan-ketgan odam unga la’nat aytadi. Odamlar o‘tirib, dam oladigan, nafasini rostlaydigan joylar ham xuddi shunday! Unday joylar ham doimo ozoda saqlanishi lozim, bunday joyga qazoi hojat qilib qo‘ygan kishini ham odamlar la’natlaydilar. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu ikki ishni «ikki la’nat keltiruvchi (ish)» deb atamoqdalar.
Musulmon kishi yo‘lga, soya joyga va boshqa shunga o‘xshash ko‘pchilik foydalanadigan joylarga nafaqat qazoi hojat qilmasligi, balki undan boshqa xalal beruvchi ishlarni ham qilmasligi kerak. Aksincha, unday joylarni doimo toza va ozoda saqlashga, ko‘pchilikka ozor beradigan narsalar bo‘lsa, olib tashlashga odatlanish lozim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yo‘ldan ko‘pchilikka ozor beruvchi narsani olib tashlashni iymonning sho‘’balaridan biri, deganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar