Insofga chaqirish

Assalomu alaykum! Bu sovolni berishdan oldin uzoq o‘yladim balki yaxshi bo‘pqolar deb. Lekin berishga majbur bo‘ldim. Biz amakim bilan yonma yon yashaymiz. Lekin gaplashmaymiz hovliga ham devor urilgan, chunki amakimi ayoli shunga majbur qilgan. 4 ta aka uka gaplashishmaydi. Aka ukalarni bir biridan ajratgan. U vaqtda man juda yosh edim. Hozir katta bo‘ldim, hovliga devor urilgan bo‘lsada amakimni ayoli bizni hecham tinch qo‘ymaydi. Hovlisiga chiqvolib so‘kib yomon so‘zlar aytadi. To‘y qilsak to‘yga amakimni chiqazmaydi. Oxiri aka ukalar gaplashmay qo‘yishdi. Onam juda sodda ayol onamni ham necha marta urgan. Bechora onam hech kimga aytolmaganlar. Men o‘zim ham ko‘chaga chiqsam 3-4ta xotinni yoniga chaqirib olib orqamdan rosa baqirib so‘kib g‘iybatimni qiladi. Nomoz o‘qimaydi, ro‘za tutmaydi, menga kerekmas deydi. Namozlarimda doim insof so‘rayman. Qo‘shnilar “bunga boqqan balo bordur bir kun jazo oladi” deyishadi. Lekin hicham bundan qo‘rqmaydi. Nima qilsak to‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sabr qilsangiz savob olasiz. Haqqiga insof so‘rab duo qiling. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 163 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar