Odam alayhissalom farzandlari

Assalomu alaykum! Ustozlar, iltimos qora tanlilar (negrlar) haqida aytsangizlar. Ular ham Odam ota va momo Havo avlodlaridanmi? Ular nima uchun qora tanli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ha, barcha bashar Odam va Havvodan tarqalgan. Bu haqda hadislarda ham kelgan.طبقات بني آدم BANI ODAMNING TABAQALARI عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ اللهَ خَلَقَ آدَمَ مِنْ قَبْضَةٍ قَبَضَهَا مِنْ جَمِيعِ الْأَرْضِ، فَجَاءَ بَنُو آدَمَ عَلَى قَدْرِ الْأَرْضِ، جَاءَ مِنْهُمْ الْأَحْمَرُ وَالْأَبْيَضُ وَالْأَسْوَدُ وَبَيْنَ ذَلِكَ، وَالسَّهْلُ وَالْحَزْنُ وَالْخَبِيثُ وَالطَّيِّبُ وَبَيْنَ ذَلِكَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّAbu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, Alloh Odamni jamiki erdan siqimlab olgan bir hovuch(tuproq)dan yaratdi. Bas, Bani Odam o‘sha erning miqdoricha keldilar. Ulardan qizili, oqi, qorasi va ularning orasidagilari bor. Osoni, qiyini, iflosi, pokizasi va ularning orasidagilari bor», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: صَلَّى بِنَا رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَوْمًا صَلَاةَ الْعَصْرِ، ثُمَّ قَامَ خَطِيبًا فَلَمْ يَدَعْ شَيْئًا يَكُونُ إِلَى قِيَامِ السَّاعَةِ إِلَّا أَخْبَرَنَا بِهِ، حَفِظَهُ مَنْ حَفِظَهُ وَنَسِيَهُ مَنْ نَسِيَهُ، وَكَانَ فِيمَا قَالَ: أَلَا إِنَّ بَنِي آدَمَ خُلِقُوا عَلَى طَبَقَاتٍ شَتَّى، فَمِنْهُمْ مَنْ يُولَدُ مُؤْمِنًا وَيَحْيَا مُؤْمِنًا وَيَمُوتُ مُؤْمِنًا، وَمِنْهُمْ مَنْ يُولَدُ كَافِرًا وَيَحْيَا كَافِرًا وَيَمُوتُ كَافِرًا، وَمِنْهُمْ مَنْ يُولَدُ مُؤْمِنًا وَيَحْيَا مُؤْمِنًا وَيَمُوتُ كَافِرًا، وَمِنْهُمْ مَنْ يُولَدُ كَافِرًا وَيَحْيَا كَافِرًا وَيَمُوتُ مُؤْمِنًا، أَلَا وَإِنَّ مِنْهُمُ الْبَطِيءَ الْغَضَبِ سَرِيعَ الْفَيْءِ، وَمِنْهُمْ سَرِيعُ الْغَضَبِ سَرِيعُ الْفَيْءِ فَتِلْكَ بِتِلْكَ، أَلَا وَإِنَّ مِنْهُمْ سَرِيعَ الْغَضَبِ بَطِيءَ الْفَيْءِ، أَلَا وَخَيْرُهُمْ بَطِيءُ الْغَضَبِ سَرِيعُ الْفَيْءِ، أَلَا وَشَرُّهُمْ سَرِيعُ الْغَضَبِ بَطِيءُ الْفَيْءِ، أَلَا وَإِنَّ مِنْهُمْ حَسَنَ الْقَضَاءِ حَسَنَ الطَّلَبِ، وَمِنْهُمْ سَيِّئُ الْقَضَاءِ حَسَنُ الطَّلَبِ فَتِلْكَ بِتِلْكَ، أَلَا وَإِنَّ مِنْهُمُ السَّيِّئَ الْقَضَاءِ السَّيِّئَ الطَّلَبِ، أَلَا وَخَيْرُهُمُ الْحَسَنُ الْقَضَاءِ الْحَسَنُ الطَّلَبِ، وَمِنْهُمْ حَسَنُ الْقَضَاءِ سَيِّئُ الطَّلَبِ فَتِلْكَ بِتِلْكَ، أَلَا وَشَرُّهُمْ سَيِّئُ الْقَضَاءِ سَيِّئُ الطَّلَبِ، أَلَا وَإِنَّ الْغَضَبَ جَمْرَةٌ فِي قَلْبِ ابْنِ آدَمَ، أَمَا رَأَيْتُمْ إِلَى حُمْرَةِ عَيْنَيْهِ وَانْتِفَاخِ أَوْدَاجِهِ، فَمَنْ أَحَسَّ بِشَيْءٍ مِنْ ذَلِكَ فَلْيَلْصَقْ بِالْأَرْضِ، قَالَ: وَجَعَلْنَا نَلْتَفِتُ إِلَى الشَّمْسِ هَلْ بَقِيَ مِنْهَا شَيْءٌ، فَقَالَ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: أَلَا إِنَّهُ لَمْ يَبْقَ مِنَ الدُّنْيَا فِيمَا مَضَى مِنْهَا إِلَّا كَمَا بَقِيَ مِنْ يَوْمِكُمْ هَذَا فِيمَا مَضَى مِنْهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ فِي الْفِتَنِ بِسَنَدٍ صَحِيحٍ Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga Asr namozini o‘qib berdilar. So‘ngra turib, xutba qildilar. Soat (Qiyomat) qoim bo‘lguncha bo‘ladigan narsalardan biror narsani qoldirmay, bizga xabarini berdilar. Yodlagan yodlab qoldi. Unutgan unutib yubordi. U zot aytganlar ichida quyidagilar bor edi:«Ogoh bo‘linglar! Bani Odam turli tabaqalarda yaratilgan. Bas, ularning mo‘min tug‘ilib, mo‘min yashab, mo‘min o‘ladiganlari bor. Ularning kofir tug‘ilib, kofir yashab, kofir o‘ladiganlari bor. Ularning mo‘min tug‘ilib, mo‘min yashab, kofir o‘ladiganlari bor. Ularning kofir tug‘ilib, kofir yashab, mo‘min o‘ladiganlari bor.Bilingki, ularning ba’zilari g‘azabi sekin, qaytishi esa tez va ba’zilari g‘azabi tez, qaytishi ham tezdir. Har to‘kisda bir ayb. Bilingki, ularning  g‘azabi tez, qaytishi esa sekinlari bor. Bilingki, ularning eng yaxshisi g‘azabi sekin, qaytishi tezlaridir. Eng yomoni esa g‘azabi tez, lekin qaytishi sekinlaridir.Bilingki, ularning yaxshi ado qiladigan va yaxshi talab qiladiganlari bor. Ularning yomon ado qiladigan va yaxshi talab qiladiganlari bor. Har to‘kisda bir ayb. Bilingki, ularning yomon ado qiladigan va yomon talab qiladiganlari bor. Bilingki, ularning yaxshisi yaxshi ado qilib, yaxshi talab qiladiganlaridir. Ularning yaxshi ado qilib, yomon talab qiladiganlari bor. Har to‘kisda bir ayb. Bilingki, ularning yomoni yomon ado qilib, yomon talab qiladiganlaridir.Bilingki, g‘azab odam bolasi qalbidagi bir cho‘g‘dir. Uning ko‘zlari qizarishini, tomirlari bo‘rtib chiqishini ko‘rmaysizmi? Kimki o‘zida shu (narsa)lardan biror narsani his qilsa, erga yaqinlashsin», dedilar.Bas, biz quyosh botib ketmadimikan, deb alanglab qaray boshladik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Bilingki, dunyodan uning o‘tgani o‘tib, xuddi bugungi kuningizning o‘tgani o‘tib qolganicha qoldi, xolos», dedilar».
Termiziy «Fitnalar»da sahih sanad ila rivoyat qilgan. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 00:13 | Savol-javoblar | 264 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar