Eri vafot etib iddadan keyin ko‘chaga chiqishi
Assalomu alaykum! Otajonim vafot etgan kunlaridan boshlab onajonim idda o‘tirishni boshladilar. 4 oy 10 kun bo‘lib qoldi. Idda tugagan kuni ko‘chaga chiqib biror qarindoshnikiga borish kerak deb aytishibdi. Idda tugashi bilan ko‘chaga chiqish shartmi yoki yana 3-4 kun o‘tkazib chiqish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Idda tugagach ixtiyorli. Birorta o‘sma yoki qalamni olib pardoz qilsa ham iddadan chiqqanligining alomati bo‘laveradi. Chunki idda tugagadan keyin ham aza tutish, harom amal hisoblanadi. Bu haqida “Hadis va Hayot” kitobida quyidagicha berilgan:عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كُنَّا نُنْهَى أَنْ نُحِدَّ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلَاثٍ إِلَّا عَلَى زَوْجٍ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا، وَلَا نَكْتَحِلَ وَلَا نَتَطَيَّبَ وَلَا نَلْبَسَ ثَوْبًا مَصْبُوغًا إِلَّا ثَوْبَ عَصْبٍ، وَقَدْ رُخِّصَ لَنَا عِنْدَ الطُّهْرِ إِذَا اغْتَسَلَتْ إِحْدَانَا مِنْ حَيْضِهَا فِي نُبْذَةٍ مِنْ كُسْتِ أَظْفَارٍ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا التِّرْمِذِيَّ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُ Ummu Atiya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Biz biror mayyitga uch kundan ortiq motam qilishdan nahiy qilingan edik. Faqat erga to‘rt oyu o‘n kun edi. Surma qo‘ymas, xushbo‘y narsa surtmas, bo‘yoqli kiyim kiymas edik. Faqat asli bo‘yalgan kiyim bo‘lsa, bo‘laverar edi. Batahqiq, qachonki birortamiz hayzidan pok bo‘lganda g‘usl qilsa, bir oz Azfor kustiga ruxsat berilgan edi».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan. Alloh oliy va bilguvchiroqdir.
Sharh: Kust - xushbo‘yning bir turi bo‘lib, noxush hidlarni ketkazish uchun ishlatiladi. Bu erda Azfor degan joydan olinadigan (keltiriladigan) xushbo‘y zikr qilingan.
Ushbu rivoyatdan olinadigan foydalar:
1. Yaqin qarindoshi o‘lgan ayol uch kundan ortiq motam tutishi mumkin emasligi.
2. Eri o‘lgan ayol to‘rt oyu o‘n kundan ortiq ham, kam ham motam tutishi mumkin emasligi.
3. Motamdagi ayol surma surtmasligi.
4. Motamdagi ayol xushbo‘y surtishi mumkin emasligi.
5. Motamdagi ayol asl bo‘yog‘i ustidan bo‘yalgan kiyim kiyishi mumkin emasligi.
6. Eri o‘lganidan keyin motam tutib, idda o‘tirgan ayol hayzdan pok bo‘lganidan so‘ng hayz tufayli paydo bo‘lgan noxush hidni ketkazish uchun farjiga xushbo‘y narsa –paxtami yoki boshqa biror narsa qo‘yishi mumkinligi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:00 | Savol-javoblar | 183 | Oila va turmush