Dallolni rozi qilish

Allohga ming shukrki, yaqinda uy sotib oldim. Uyni uy savdosi bilan shug‘ullanadigan shaxs orqali topdik. Savdolashish jarayonida uy egasi bilan ham shu odam ishtirokida kelishdik. Bu odam o‘z xizmat haqini oldindan aytmadi, savdo bitgachgina uy narxidan 3 % miqdoridagi mablag‘ni xizmat haqi sifatida so‘radi. Men unga "barcha uyfurushlar oluvchi va sotuvchidan 1% dan pul olishyaptiku", desam "yo‘q, siz 3% berasiz, uy sotgandan 5% olyapman" dedi. Shunda men unga insof bilan ish qilsagina baraka topishi mumkinligini aytdim. U "mayli, unda 2 % berasiz" dedi. Men “1% dan ortiq bermayman” deb unamadim. Oraga o‘rtog‘im tushib, "avval uyni hujjatlashtirish tugab, ko‘chib borsin, keyin gaplasharsizlar" dedi. Shu bilan gap uy oldi-sottisi bilan bog‘liq boshqa masalaga o‘tib ketdi. Oradan 1 oylarcha vaqt o‘tib, men va’da qilingan 1% mablag‘ni berdim. Lekin dallol norozi bo‘lib, mendan yana 1% pul undirish niyatida tinch qo‘ymayapti. Ro‘kach qilib "men 2% deganimda siz indamagansiz" demoqda. Bunda u haqmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu kabi masalalar nizoning ikki tarafi birga bo‘lgan majlisda hal qilinadi.

26 May 2022, 18:51 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar