Rasulullohni sevganlarga balo keladimi?
Assalomu alaykum! Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: “Yo Rasululloh men Allohni yaxshi ko‘raman”, deb aytdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Unday demagin. Agar gaping rost bo‘lsa boshinga balolar yog‘ilishiga tayyor turgin”, deb aytdilar. Haligi kishi yana bir aytdilar: “Yo Rasululloh men sizni yaxshi ko‘raman”. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Unday demagin. Agar gaping rost bo‘lsa boshinga faqirlik tushishiga tayyor turgin”, deb aytdilar. Ushbu hadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U hadisni to‘g‘ri tushunish kerak. Alloh va rasuliga muhabbat qilgan inson boshi musibatdan chiqmaydi, umri faqirlikda o‘tadi degani emas. Chunki sahobalarni boyliklarini hisoblab chiqsa hozirgi kundagi dunyodagi sanoqli boylarning safida avvalgi o‘rinlarda turadilar. Hadisdan murod imtihon qilinishdir. “Sahihul Buxoriy”ning sharhi “Kashful Boriy”da Salimulloxon rahmatullohi alayh xushxabar keltirgan kishiga suyunchi berish bobida bir voqe’ani zikr qilganlar. Unda: “Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh bir kuni tushlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ziyorat qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ahmad ibn Hanbalga sinov bo‘lishining bashoratini bering dedilar. Ertalab turib imom Shofe’iy shogirdlariga “Qaysi biringiz u kishiga bu bashoratni etkazadi?” dedilar. Shogirdlaridan biri “men etkazaman” deb Ahmad ibn Hanbal huzurlariga safarga chiqdilar. U kishiga bu bashoratni etkazilganida suyunchisiga kiyib turgan ko‘ylaklarini echib berganlar. Shogird imom Shofe’iy oldilariga olib kelganda u zot ko‘ylakni bir jomga solib ustidan suv quyib, suvini ichib yuborganlar” deyilgan. Ahmad ibn Hanbal bu sinovdan go‘zal tarzda o‘tganlar. Boshlariga tushgan bu sinovni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bashoratlari va Allohning huzurida misli ko‘rilmagan darajada martabaga erishishga sabab deb bilganlar. Hamma vaqtlarda ham mo‘minlar sinovda bo‘ladilar. Kimdir uni xayriyat deb qabul qilib sabr qiladi va muvaffaqiyatga erishadi. Kimdir uni yomonlik deb biladi. Alloh taolo Qur’oni karimda bandalariga ikki savol bergan. Birinchisi: أَحَسِبَ النَّاسُ أَن يُتْرَكُوا أَن يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ 2. Odamlar «Iymon keltirdik», deyishlari ila sinalmay, tark etilishlarini o‘yladilarmi?
Ya’ni «Odamlar iymonni «og‘iz bilangina aytib qo‘yiladigan quruq gap» deb o‘ylaydilarmi? Ular o‘zlaricha, «Iymon keltirdik», deb qo‘ysak, ish bitdi, mo‘min bo‘ldik, uning savobi ham bu dunyoda, ham u dunyoda o‘z-o‘zidan kelaveradi, deb o‘ylaydilarmi? «Iymon» so‘zidan keyin hech qanday imtihon-sinov bo‘lmaydi, deb o‘ylaydilarmi?»
Qadimda ham, hozirda ham ko‘plar iymon haqida xuddi shunday noto‘g‘ri tasavvurda bo‘lganlar. Ularning fikricha, «Allohga iymon keltirdim», deganidan keyin hamma narsa o‘z-o‘zidan bo‘laverishi kerak.
Aslida, unday emas. Alloh taolo hamma narsaning yaxshisini yomonidan, haqiqiysini soxtasidan ajratish uchun bu dunyoda sinov-imtihon qoidasini joriy qilib qo‘ygan. Ma’danlarning asli ham o‘tga solinib, toblanganida namoyon bo‘ladi. Yo‘qsa, hamma ma’dan ham sirtidan ma’dan bo‘lib ko‘rinib turaveradi. O‘tda sinalganda esa haqiqiysi boshqalaridan ajrab chiqadi.
Iymon kalimasini og‘izda aytish oson. «Iymon keltirdim», deb har kim ham aytaverishi mumkin. Ammo til bilan aytilgan kalima dildan chiqqanmi yoki yo‘qmi, buni aniqlash uchun banda sinov-imtihondan o‘tishi kerak. Bu esa qadimdan joriy bo‘lib kelayotgan odat. (Ankabut surasi).
Ikkinchisi: أَفَحَسِبْتُمْ أَنَّمَا خَلَقْنَاكُمْ عَبَثًا وَأَنَّكُمْ إِلَيْنَا لَا تُرْجَعُونَ 115. Nahotki, sizni yaratishimiz behuda bo‘lgan va siz Bizga qaytarilmassiz, deb hisoblasangiz?! (Muminun). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:01 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar