Kvartiradagi sheriklarim o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyat
Assalomu alaykum! Toshkentda tog‘amning ukrainlar yashaydigan kvartiralari bor edi. Kerak bo‘lgani uchun o‘zlari bilan gaplashib bo‘shattirdim. U erga endi sherik to‘plash kerak edi. 6-7 kishi turamiz deb tog‘amga aytdim, tog‘am oyiga 300$ chiqarib berasan qoganini nima qilsang qilaver dedilar. Sheriklarning hammasi tanishlar, narx hamma uchun har xil, sharoitiga qarab aytganman, ba’zilari 60$ ba’zilari 50$ berishadi lekin albatta barchalariga bor gapni aytganman: 6-7 kishi turishimizni, oyiga ularga qanchaga tushishini va kvartira rasmlarini. Barchalari bilan yakkama-yakka gaplashib kelishuv qilganman. Oyiga 300$ dan ko‘p eg‘iladi. Tog‘amning qarshimasliklari, bolalarni hammasiga bu haqida aytib o‘zlari bilan yakkama-yakka kelishilganini hisobga olsak, 300$ dan uyog‘ini o‘zimga olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kvartiraga bitta stul bo‘lsa ham birorta qo‘shimcha qulaylik kiritib qo‘ying. Qanday olgan bo‘lsangiz shundayligicha topshirvormang. Vallohu a’lam!
3 Yanvar 2024, 18:26 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat