Xufton vaqti kech bub qolyabdi

Assalomu alaykum! Xufton vaqti kech kiryabdi rassiya o‘lkasida bomdot bilan bir xil vaqtda yani 00-30 da kupuncha uxlab qolyabmiz ishdan charchaymiz xuftonga oldiroq o‘qisak bo‘lmaydimi xuftondi masalan 22-00 da shunga yordam bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni o‘z vaqti kirishidan avval o‘qish joiz emas. O‘qisa ado bo‘lmaydi. Xufton vaqti bilan bomdod vaqti bir xil bo‘lishi mumkin emas. Sizlar aytayotgan vaqt to‘g‘ri hisoblanganini tekshirtirib ko‘ringlar. Bu masalada o‘zingiz yashab turgan erdagi ahli ilmlarga murojaat qilib ko‘ringlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar