Orqadan havo chiqsa

Assalomu alaykum! Bir joyda o‘qigandim. Ba’zida shunaqa xolat bo‘ladi orqa tarafdan pufakka o‘xshagan kichik xavo chiqqanga o‘xshaydi. Uni xidi xam ovozi xam chiqmaydi. Shu xolat taxoratni buzmaydi deb o‘qigan edim. Shu saytda o‘qigandim shekilli. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Odatda semiz odamlarda yurganida ikki dumbasining orasidan havo chiqqandek bo‘ladi. U havo avrat teshikdan emas, tashqaridan ya’ni dumbaning orasidan chiqadi. Biz o‘sha havoni tahorat sindirmaydi deb aytganmiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:57 | Savol-javoblar | 170 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar