Qiyomat alomatlari
Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida qachonki qiyomatga yaqin qolganda er yuziga fitna olib keluvchi Dajjol chiqadi deb aytilgan. Bu Dajjolni inson bolasi deb aytgan hadislari ham bor. Bu Dajjol qandaydir sistema yoki jonsiz narsa bo‘lishi ham mumkinmi? Hadislarda aytilishicha uni peshonasida ikki ko‘zining orasida “KAFIR” deb arabchada yozilgan bo‘lar ekan. Va uni hamma hattoki savodi yo‘q odam ham o‘qiy olar ekan. Agar u inson bo‘lsa hamma uni peshonasidagi yozuvni ko‘rsa, musulmonlar ayniqsa uni Dajjolligini shunday bilib olishadiku. Lekin hadislarda aytilishicha unga “manaman” degan iymoni mustahkam musulmonlar ham og‘ib ketar ekanlar. Shu inson bo‘lmasligi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu Dajjol qandaydir sistema yoki jonsiz narsa bo‘lishi mumkin emas. Dajjolning chiqishi, Iso ibn Maryam alayhissalomning osmondan tushishi kabi qiyomatning alomatlariga iymon keltiramiz. Quyoshning o‘z mag‘ribi – botish tarafidan chiqishiga va er hayvonining o‘z joyidan chiqishiga iymon keltiramiz. Sharh: Ya’ni Qur’on va sunnatda zikr qilingan qiyomatning alomatlariga iymon keltiramiz. Xususan, Dajjolning chiqishiga, Iso ibn Maryam alayhissalomning osmondan tushishlariga, quyoshning mag‘ribdan chiqishiga va er hayvonining Alloh amr qilgan joydan chiqishiga iymon keltiramiz. Dalil: 1. Dajjolning chiqishiga dalolat qiluvchi hadislar inkor qilib bo‘lmaydigan darajada ko‘p rivoyat qilingan. Hadis kitoblarida zikr etilgan. Bu muxtasarda ularni zikr etishga imkon yo‘q. Imom Buxoriy Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida Dajjol zikr qilindi. Bas, u kishi: «Alloh sizga maxfiy emas. Alloh g‘ilay ham emas. (Ko‘zlariga ishora qildilar). Albatta, masiyhi Dajjolning o‘ng ko‘zi g‘ilaydir. Uning ko‘zi xuddi bo‘rtib chiqqan uzum donasiga o‘xshaydi», – dedilar», deyilgan. (“Aqiydatut-tahoviya sharhining talxiysi” kitobidan). Uni ko‘rib, iymoni mustahkam mo‘minlarning iymoni yanada ziyoda bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarining tasdiqini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم يَوْمًا حَدِيثًا طَوِيلاً عَنِ الدَّجَّالِ فَكَانَ فِيمَا حَدَّثَنَا قَالَ: يَأْتِي الدَّجَّالُ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْهِ أَنْ يَدْخُلَ نِقَابَ الْمَدِينَةِ فَيَنْتَهِي إِلَى بَعْضِ السِّبَاخِ الَّتِي تَلِي الْمَدِينَةَ فَيَخْرُجُ إِلَيْهِ يَوْمَئِذٍ رَجُلٌ هُوَ خَيْرُ النَّاسِ أَوْ مِنْ خَيْرِ النَّاسِ فَيَقُولُ لَهُ: أَشْهَدُ أَنَّكَ الدَّجَّالُ الَّذِي حَدَّثَنَا رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم حَدِيثَهُ فَيَقُولُ الدَّجَّالُ: أَرَأَيْتُمْ إِنْ قَتَلْتُ هَذَا ثُمَّ أَحْيَيْتُهُ أَتَشُكُّونَ فِي الأَمْرِ فَيَقُولُونَ: لاَ، قَالَ: فَيَقْتُلُهُ ثُمَّ يُحْيِيهِ فَيَقُولُ حِينَ يُحْيِيهِ وَاللهِ مَا كُنْتُ فِيكَ قَطُّ أَشَدَّ بَصِيرَةً مِنِّي الآنَ قَالَ: فَيُرِيدُ الدَّجَّالُ أَنْ يَقْتُلَهُ فَلاَ يُسَلَّطُ عَلَيْهِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Rasululloh alayhissalom bizga Dajjol haqida uzoq gapirdilar. U zot bizga gapirgan narsalar ichida quyidagilar bor edi: «Dajjol keladi. Unga Madinaning yo‘llaridan kirmoqlik haromdir. Bas, u Madinaning yaqinidagi tuzli erlardan biriga etib to‘xtaydi. O‘sha kuni uning oldiga odamlarning yaxshisi yoki odamlarning yaxshilaridan biri chiqadi va unga: «Men guvohlik beramanki, sen Rasululloh alayhissalom bizga gapini aytib bergan Dajjolsan», deydi. Shunda Dajjol: «Aytinglarchi, agar mana shuni qatl qilib keyin tiriltirsam ham ish haqida shak qilasizlarmi?!» deydi. «Yo‘q!» deyishadi. Shunda u haligi odamni qatl qilib, keyin tiriltiradi. U bo‘lsa tirilganidan keyin «Allohga qasamki, hech qachon seni hozirgi kabi yaxshi tanimaganman» deydi. Dajjol uni yana qatl qilmoqchi bo‘ladi. Ammo unga qodir bo‘la olmaydi», dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 09:49 | Savol-javoblar | 190 | Hadislar