Poezdda safar namozi

Assalomu alaykum! Poezdda safarga chiqmoqchimiz, 24 soatlik yo‘ldan tushib dam olib yana 5-6 soat yursak manzilga etamiz. Manzilimizga etguncha qasr o‘qiymizmi? Poezdda qiblani hukmi qanday bo‘ladi? Joy tor poezdda telefon seti ishlamaydi, yo‘lda qiblani topish qiyn bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qasr o‘qiysizlar. So‘rab, bilib, telefonga qarab qiblani topasizlar. Telefon ishlamasa odamlardan so‘raysizlar. Toqatinglar etganicha so‘rab surishtirib o‘qiysizlar. Mabodo xato o‘qigan bo‘lsangiz ham qayta o‘qimaysizlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar