Prava olishda pul berish

Assalomu alaykum! Men haydovchilik guvohnomasi o‘qishni tugatdim, keyin imtihon topshirdim. Imtihondan 3 marta ham o‘tolmadim, keyin bir odam u odamga pul olib berar ekan pul bersam olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Topshirolmasangiz va pora evaziga sizga berishsa qanaqasiga to‘g‘ri bo‘ladi. Islomda pora bilan ish bitirish harom. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه ، قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم الرَّاشِيَ وَالْمُرْتَشِيَ فِي الْحُكْمِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar».
Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 00:40 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar