Azonda takrorlash

Assalomu alaykum! Azon aytilayotganda biz takrorlab turishimiz kerakmi yoki maxsus aytiladigan kalimalar mavjudmi? Shuningdek salovat azon payti aytiladimi yoki azondan keyin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمرِو بْنِ العاصِ رضِيَ اللَّه عنْهُما أَنه سَمِع رسُولَ اللَّهِ صَلّى اللهُ عَلَيْهِ وسَلَّم يقُولُ : « إِذا سمِعْتُمُ النِّداءَ فَقُولُوا مِثْلَ ما يَقُولُ ، ثُمَّ صَلُّوا علَيَّ ، فَإِنَّهُ مَنْ صَلَّى علَيَّ صَلاةً صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ بِهَا عشْراً ، ثُمَّ سلُوا اللَّه لي الْوسِيلَةَ ، فَإِنَّهَا مَنزِلَةٌ في الجنَّةِ لا تَنْبَغِي إِلاَّ لعَبْدٍ منْ عِباد اللَّه وَأَرْجُو أَنْ أَكُونَ أَنَا هُو ، فَمنْ سَأَل ليَ الْوسِيلَة حَلَّتْ لَهُ الشَّفاعَةُ » رواه مسلم Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Azonni eshitganlaringizda u aytayotgan narsani mislini aytinglar. So‘ng menga salovat aytinglar. Kim menga bir bor salovat aytsa, evaziga Alloh taolo unga o‘nta rahmatni yuboradi. So‘ng menga vasilani so‘ranglar. U jannatdagi bir maqom bo‘lib, Allohning bandalaridan bir bandagagina nasib bo‘ladi. O‘sha banda men bo‘lishni umid qilaman. Kim menga vasilani so‘rasa, unga shafoatim halol bo‘ladi” deyayotganlarini eshitdi". Muslim rivoyati.
Ushbu hadisga binoan azon aytilib bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytiladi, so‘ng azon duosi o‘qiladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:01 | Savol-javoblar | 136 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar