Faqat bamdodning o‘qisam gunohmi?

Assalomu alaykum! Ustozlari men bomdod nomozini o‘qishni boshladim. Bir tanishim faqat bomdod nomozini o‘qish gunoh yoki besh vaqtni to‘liq o‘qing yoki bomdodni ham o‘qimay turing dedi. Qolganini ham asta sekin to‘liq o‘rganib olsam qo‘shaman degandim. Bu gapim noto‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh muborak qilsin. Alloh biror bandasiga yaxshilikni iroda qilsa uning qalbiga tavbani va O‘zining ibodatini solib qo‘yadi. Tanishingiz shaytonni gapini aytibdi. Shayton ibodatni boshlagan insonlarni shunday noumid qilib, qilayotgan bor ibodatidan ham qaytarib oxiratini kuydirishga harakat qiladi. Tanishingiz o‘shaning o‘rniga bamdodni o‘qishni boshlabsiz, tezroq besh vaqtni ham o‘rganib o‘qishni boshlang” deganida haqiqiy musulmonning gapini aytgan bo‘lar edi. Siz shu bugundan besh vaqt o‘qishni boshlang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar