Otalik burchini bajarmagan otaning xaqqi
Assalomu alaykum! Otam tug‘ilmasimdan onam bilan ajrashgan va boshqa oila qurgan. Kichkinaligimda bir marotaba kelib ko‘rgan xolos, undan keyin boshqa ko‘rmaganman. Men onam va onamning ota-onalari qaramog‘ida katta bo‘lganman. Hozirda Allohga behisob shukurlar bo‘lsin oilaliman, farzandlarim bor. To‘yimdan keyin otam bilan munosabatni tikladim, imkon qadar ularnikiga borib turamiz. 1. Otam mendan farzandlik burchlarini bajarishimni talab qilishga haqqi bormi? 2. Otamning ikkinchi turmushidan orttirgan farzandlari menga bemehr bo‘lsa ular bilan aloqani uzsam bo‘ladimi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ota har qanday holatda ham otalik maqomida qoladi. Siz eng avvalo shuni yaxshi tushuning, siz qiladigan har bir amalingizni Allohning roziligi uchun qiling va ortidan savobingizni yuvib yubormaslikka harakat qiling. Qolganini aslo o‘ylamang. Inson evaz etishi maqsadida biror amalni qilsa u Allohning roziligi uchun qilinmagan bo‘ladi. Silai rahm qilishga ulkan savoblar va’da qilingan. Savobini oling, qolganini unuting. Alloh O‘zi rozi bo‘lgan bandalarini sifatlarini bayon qilib “Inson” surasida: إِنَّ الْأَبْرَارَ يَشْرَبُونَ مِن كَأْسٍ كَانَ مِزَاجُهَا كَافُورًا 5. Albatta, abrorlar kafur aralashtirilgan qadahdan icharlar...
Kafur – ichimlikni xushbo‘y va xushta’m qiluvchi modda bo‘lib, arablar u aralashgan sharobni eng yaxshi sharob hisoblashadi. Tafsirchilarimiz, oyatdagi «kafur»dan murod jannatdagi buloqning ismi, deganlar. عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا عِبَادُ اللَّهِ يُفَجِّرُونَهَا تَفْجِيرًا 6. bir buloqdanki, undan Allohning bandalari otiltirib icharlar.
Ya’ni Alloh taoloning rizoligini topgan bandalar jannatdagi kafur bulog‘idan xohlagan tarafga qaratib otiltirib ichadilar, go‘yoki favvoralardek. Qasrda o‘tirib ichgisi kelsa, qasri oliyda, xuru g‘ilmonlar bilan suhbat qurib o‘tirgan joyda ichishni xohlashsa, o‘sha erda, xullas, qaysi joyni va qaysi holatni maqbul topsalar, kafur bulog‘i ularga muntazir bo‘ladi.
Kelgusi oyatlarda esa Alloh taolo yaxshi bandalarning sifatlarini zikr qiladi. يُوفُونَ بِالنَّذْرِ وَيَخَافُونَ يَوْمًا كَانَ شَرُّهُ مُسْتَطِيرًا 7. Ular nazrga vafo qilarlar va yomonligi keng tarqaladigan Kundan qo‘rqarlar.
Nazr – insonga o‘zi aslida lozim bo‘lmagan ibodatni o‘zicha lozim qilib olishdir. Masalan: bir kishi og‘ir betob bo‘ldi, yotgan joyi¬da shunday niyat qiladi: «Allohim, agar kasalimdan tuzalib ketsam, bir qo‘y so‘yib, ehson qilaman» yoki «Bolam eson-omon harbiy xizmatdan qaytib kelsa, o‘n kun ro‘za tutaman» va hokazo...
Kimki shunday narsalarni nazr qilsa, unga vafo qilmog‘i vojib bo‘ladi. «Agar kishi gunoh ishlarni nazr qilsa-chi?» degan savol ham tug‘ilishi tabiiy. Misol uchun, falon ishim bitsa, falon mansabdagilarga qo‘y so‘yib, aroq quyaman, bosh-oyoq sarpo qilaman, qabilidagi nopok niyatlar. Bunday holda u nazr hisoblanmaydi va amalga oshirilmaydi. Bordi-yu, hotamtoylik qilib, o‘tkazilsa ham, Alloh taolo xo‘jako‘rsinga qilingan bunday nazrni qabul etmaydi. Chunki u yaxshi bandalar nazrini tilga oldi. Elga aroq berib, o‘zini ham, ahli ayolini ham do‘zaxga tiqadiganlar hech qachon abror bo‘lmaydilar.
Ikkinchi sifat (qiyomatdan qo‘rqish) esa doimiy ravishda faqat Alloh taologa xush keladigan ishlarni qilib, Unga yoqmaydigan ishlardan chetlashishga chorlaydi. Ana shunday xayrli ishlarni qiluvchi abror bandalarning sifatlaridan yana biri navbatdagi oyatda nozil bo‘lgan.وَيُطْعِمُونَ الطَّعَامَ عَلَى حُبِّهِ مِسْكِينًا وَيَتِيمًا وَأَسِيرًا 8. O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, etim va asirlarga berarlar.
Ana, birodarlar, abrorlarning xislati nima ekan! Ular hattoki o‘zlariga taom kerak bo‘lib, hojatlari tushib tursa ham, miskinlar, etimlar, asirlarni o‘zlaridan ustun qo‘yib, taomni ularga beradilar. Taom yaxshi bo‘lsa, albatta, kishida uni ko‘proq tanovul qilishga moyillik bo‘ladi. Ana shunday hollarda uni faqirga berish boyning kambag‘alni hurmat qilishidan kelib chiqadi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning orasida tenglik bo‘lishiga olib keladi. Oyatdagi «miskin» so‘zining alohida ta’kidlanishi ham aynan shunga qaratilgan. Chunki miskinga, ya’ni o‘zi va oilasi eb-ichishi uchun etarli taomi bo‘lmagan odamga yordam berish o‘ziga to‘qlarning burchidir.
Etimlarga yordam berish – ularga ovqat, kiyim-kechak, ta’lim va tarbiya berish nihoyatda savobli ish bo‘lishi bilan birga, o‘ziga to‘qlarning zimmasidagi burch hamdir. Shunday qilinsa, etim ham jamiyat uchun foydali shaxs bo‘lib etishadi. Agar unga beparvo qaralsa, kamsitilsa, razolat va jinoyat ko‘chasiga kirib, o‘zi yashayotgan jamiyatga faqat zarar keltiruvchi shaxsga aylanadi. Bunga misol keltirib o‘tirish shart emas. Atrofimizga aql ko‘zi bilan bir nazar solsak, bas.
Islom dini kishilik jamiyatida qaror topa boshlagan dastlabki kunlardanoq dushman tomondan qo‘lga tushgan asirlarning hayotini saqlab qolish, ularning insonlik huquqlarini hurmat qilishga da’vat etdi. Bu haqda Nabiy sollallohu alayhi vasallamga oyatlar ham nozil qilindi. Va ul zot bundan 1400 yil avval, butun dunyo inson xuquqi nima ekanini bilmay turgan bir paytda Alloh taoloning ana shunday insonparvar hukmini e’lon qildilar.
Islom tatbiq etgan bu huquqlarni, jumladan, asirlarga yaxshi muomala qilish, ularni biror egulik bilan ta’minlashni Birlashgan Millatlar tashkiloti yaqindagina e’lon qildi. Bundan yuz yoki ming yil avval emas. Shuning o‘ziyoq Alloh taoloning dini qanday asosga qurilganligiga etarli dalildir.
Musulmonlar birovga yaxshilik qilganlarida riyo uchun, minnat uchun emas, balki savob umidida, qiyomat kuni yaxshi holatlarga erishish umidida qiladilar. Ushbu xislatlar quyidagi oyatlarda ham ifoda etiladi. إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ اللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنكُمْ جَزَاء وَلَا شُكُورًا 9. «Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun taomlantiramiz. Va sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz.
Demak, chin mo‘min ikkinchi bir birodariga yaxshilik yoki yordam qilganida fiysabilillah, ya’ni Alloh yo‘lida qilmog‘i lozim ekan. Qilgan yaxshiligi evaziga tama talab qilish Alloh taoloning g‘azabini keltiradigan va ul bandani munofiqqa aylantiradigan amallardandir. إِنَّا نَخَافُ مِن رَّبِّنَا يَوْمًا عَبُوسًا قَمْطَرِيرًا 10. Albatta, biz qo‘rqinchli, shiddatli, uzun Kunda o‘z Robbimizdan qo‘rqurmiz», – derlar.
Demak, musulmonlar muhtojlarga taom berishlarining ikkita sababi bor.
Birinchisi – Alloh subhanahu va taoloning roziligini topish.
Ikkinchisi – xaloyiq uchun qo‘rqinchli va shiddatli bo‘lgan uzoq Kun, ya’ni o‘tishi qiyin bo‘lgan qiyomat kunida Alloh taoloning azobiga duchor bo‘lishdan qo‘rquv.
Keyingi oyatda Alloh taolo aynan ana shunga ishora qilib, abror bandalarini xotirjam bo‘lishga chaqiradi va qiyomat kuni xavfining o‘rniga omonlik va xursandchilik ato qilishini aytadi. فَوَقَاهُمُ اللَّهُ شَرَّ ذَلِكَ الْيَوْمِ وَلَقَّاهُمْ نَضْرَةً وَسُرُورًا وَجَزَاهُم بِمَا صَبَرُوا جَنَّةً وَحَرِيرًا 11. Bas, Robblari ularni o‘shal Kun yomonligidan saqladi va ularga yashnoqlik hamda xursandchilik ato qildi.
12. Va sabr qilganlari uchun ularni jannat va ipaklar bilan mukofotladi.
Bu oyatda Alloh taolo abror bandalar vasfiga yana bir yangi vasf – sabrni qo‘shmoqda. Haqiqatan, insondagi sabr barcha fazilatlarning onasidir. Er yuzidagi jamiki yaxshiliklarning manbaidir. Inson o‘z sabri tufayli havoyi nafsidan g‘olib keladi. E’tiqodi uchun, iymoni uchun zararli bo‘lgan xohishlarni jilovlaydi. Chunki mo‘min hidoyatda sobitqadam bo‘lishi uchun eng avvalo, unga sabr kerak! مُتَّكِئِينَ فِيهَا عَلَى الْأَرَائِكِ لَا يَرَوْنَ فِيهَا شَمْسًا وَلَا زَمْهَرِيرًا 13. U erda pardali, baland so‘rilarda suyangan holdalar. U erda na quyoshni va na sovuqni ko‘rmaslar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:47 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush