Sigaret va nos chekkan kishining oqibati

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bizning masjid imomi sigaret va nos chekkan odam vafot etar chog‘ida iymon kalimasini ayta olmas ekan dedilar. Shu gapni o‘zga insonlarni amri ma’ruf, nahiy munkar qilgani savobi niyatida o‘zgalar aytsam ishonmay sababi va hujjatini so‘ramoqda. Imom to‘g‘ri aytganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda siz aytgan narsalarning haromligiga fatvo chiqqan. U ishni qiluvchilar bir kunda bir necha bor shu ishni qilishga to‘g‘ri kelib qoladi. Shuning uchun imkon qadar tezroq qutilishga harakat qilsinlar. Toki o‘lar chog‘ida ham shu gunohni qilgan holda o‘lmasin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:04 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar