Hayz kunlarining tartibi

Assalomu alaykum! Ayollarda keladigan hayz muddati kamida 1 kun ko‘pi bilan 10-15kun deb eshitdim. Bu qay tartibda bo‘ladi? Ya’ni o‘sha ayolning hayz muddati har doim yuqorida aytilgan kunlarning birida, ya’ni keling mayli 6 kun deylik. U har hayz ko‘rganida misol 24ga kirgan bo‘lsa 24 yildan beri har oyda 6 kundan ko‘radimi yoki har oyda harxil kunda ko‘radimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hayzning eng ozi uch kun, ko‘pi o‘n kun. Undan oshmaydi. O‘n kundan keyin kelgan qonlar kasalik qoni bo‘lib namoz va ro‘zani o‘qishdan to‘xtatmaydi. Ayol kishida odat bo‘ladi. masalan siz aytgandek har oyda 6 kun. Ammo bu o‘zgarib turishi mumkin. O‘zgargani ham 10 kundan oshmaydi. Ayol kishining avvalgi oyda hayz ko‘rgan kunlarining adadi keyingi oyda ko‘radigan hayziga odati hisoblanadi. Masalan avvalgi oyda 6 kun hayz ko‘rsa keyingi oy besh kun hayz ko‘rib to‘xtasa g‘usl qilib namozni boshlaydi, lekin avvalgi oydagi odati 6 kun bo‘lgani uchun bir kun eri bilan yaqinlik qilmay turadi. Mabodo qon to‘xtamasdan 10 kundan ortib ketsa 6 kun hayzdan deb undan oshgan kunlarini kasallik qoni deyiladi. “Ayol mo‘’tabar zot” nomli faqat ayollar qoniga tegishli masalalar bayon qilingan kitob bor. Olib o‘qinglar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:08 | Savol-javoblar | 170 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar