Kasalxonada ovqatlanish

Assalomu alaykum! Men hozirda rossiyadaman, menda karonavirus ehtimoli bo‘lgani uchun profilaktoriyada hech qaerga chiqarmasdan 3 mahal ovqat berib saqlashyapti, lekin bu ovqatlarga solingan go‘sht halol yoki haromligi aniq emas. Bu ovqatlarni eyish mumkinmi? Qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo Qur’on karimda Islomga amal qilmaydigan halqi ko‘p bo‘lgan joyda taomlanish borasida ko‘rsatma berib “Kahf” surasida g‘or ashoblari tarafidan quyidagi oyatni nozil qilgan.  وَكَذَلِكَ بَعَثْنَاهُمْ لِيَتَسَاءلُوا بَيْنَهُمْ قَالَ قَائِلٌ مِّنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ قَالُوا رَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثْتُمْ فَابْعَثُوا أَحَدَكُم بِوَرِقِكُمْ هَذِهِ إِلَى الْمَدِينَةِ فَلْيَنظُرْ أَيُّهَا أَزْكَى طَعَامًا فَلْيَأْتِكُم بِرِزْقٍ مِّنْهُ وَلْيَتَلَطَّفْ وَلَا يُشْعِرَنَّ بِكُمْ أَحَدًا۝ 19. Va shunday qilib, ularni o‘zaro so‘rashlari uchun uyg‘otdik. Ulardan biri: «Qancha qoldinglar?» – dedi. Ular: «Bir kun yoki bir kunning ba’zisicha qoldik», – deyishdi. «Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi biluvchidir, shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring, nazar solib, pok taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli bo‘lsin, sizni birovga sezdirib qo‘ymasin», – deyishdi.
Ushbu oyati karimada boshqa din vakillarining orasida yashovchilar to‘g‘ri kelganini eb ketavermay    taomni pokizasini eyishga ishora qilingan. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar