"Payg‘ambar ota" (Jirjis alayhissalom) ziyoratgohi haqida

Assalomu alaykum! Ohangaron tumani Qorasuv yoqa mahallasida "Payg‘ambar ota" ziyoratgohi bor ekan. O‘sha erdagi masjid mas’ul xodimlari gapiga ko‘ra ziyoratgohda dafn qilingan odam Jirjis alayhissalom ekanlar. Shu masalaga oydinlik kiritmoqchi edim. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri ma’lumot. Hozirgi kunda juda ko‘p ulug‘ shaxslar nomiga maqbaralar qurilib ziyoratgohlar tashkil qilinmoqda. Bundan noto‘g‘ri foydalanmoqchi bo‘lgan kishilar ham ko‘p. Ba’zilar tarixda qadami ham etib kelmaganligi ochiq-oydin bayon qilingan kishlarga ham sohta momzorlar yasab, do‘kon ochishib yaxshi daromad ko‘rishmoqda. Bir ikkita Allohdan qo‘rqmaydigan kampirlarni o‘tkazishib, haqiqatan to‘qqanmi yoki tug‘ilmagan farzandlarini ko‘rsatib “Men shu falonchi otadan tilab olganman” degizdirib sodda mo‘min va mo‘minalarni shirkka boshlashmoqda. Eng achinarlisi shunday mozorlarni qaysidir payg‘ambarga yoki qaysidir sahobaga tegishlidir deyishmoqda. Ular bizni yurtlarga kelmaganliklarini kundek ravshan. Qaysidir bir ulug‘ zotni qabridan tuproq olib ko‘plab ziyoratgohlarni ramziy qabr shiori ostida bilsa hazil bilmasa chin deb odamlarni axmoq qilayotganlarga nima deysiz. Mayyiti yo‘q, ammo ziyorat qilinib tilovat qilinayotgan qabrlar qancha?! Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:08 | Savol-javoblar | 230 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar