Axli ayoliga va ota onaga muhabbat
Assalomu alaykum! Men uylanganimga 3 oy bo‘ldi. Men shu kunlar davomida ayolimga mehr qo‘ydim, chunki yanglishmagan bo‘lsam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siz uyga kirganizda uyingizda iyd (bayram) bo‘lsin degan gaplariga amal qilib axli ayolimni ko‘nglini ko‘tarishga doim xarakat qilaman. Shu jumladan ota-onamga xam qo‘limdan kelganicha mehr berib, yaxshi gapirib, kelin va qaynona o‘rtasida bir xil muomilani ushlab turishga xarakat qildim. Lekin uyda turmushdan ajragan opam bor. U doim alamzada yuradi. Akamning oilasini buzishga rosa xarakat qilgandi, akamlar ijaraga chiqib qutilishgan. Shu muammolar sabab kecha ota-onam kelishib “ayolingni uyiga jo‘nat sansiz 3-4 oy yashasin, bo‘masam sanam yo‘qol uydan” deb shart qo‘yishdi. Men o‘zim xohlamasdan ayolimni olib uyiga tashlab keldim, lekin ota-onam shuni xoxlashdi. Ularni xafa qilgim kelmadi, bunda qanday yo‘l tutish kerak edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Erkak degan hamma narsani hisobini olishi kerak. Hikmatlarda “Agar qo‘shningizga taom ulasha olmasangiz, ularga ozor bo‘lmasligi uchun taomingizni hidni sezdirmang. O‘g‘li yo‘qning oldida o‘g‘illaringizni maqtamang. Kambag‘alning oldida boyligingizni maqtamang. Etimning oldida ota-onangizni maqtaman” deyilgan. Shulardan biri ota-onangiz va turmushi yo‘q opa singillaringiz oldida ayolingizni maqtamang va marhamat ko‘rsatmang. Iloji boricha ota-ona va yaqinlaringizni undan ustun qo‘yishingizni ko‘rsatib turing. Yolg‘iz qolganda xohlagancha mehru muhabbat izhor qilaverasiz. Bu boshingizga tushganlari ota-ona va opangizga ozor berganingiz tufaylidir. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:08 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush