Savdo ustiga savdo haqida
Assalomu alaykum! Bir birodarimiz birodarining savdosi ustiga savdo qilish joiz emasligi haqidagi hadisni keltirib shunga amal qilish paytida ko‘plab muammolarga duch kelayotganlarini aytibdilar. Alloh subhanahu u kishiga sunnat yo‘lida shijoat bilan harakatlanishlariga tilakdoshman. Mening o‘ylashimcha mo‘minlar bir birlariga birodarlar ya’ni Alloh subhanahuning qaytariqlaridan qaytib buyruqlarini bajaruvchilar. Ushbu kishilar inshaalloh bir birlarini tanisa tanimasa yuqorida aytib o‘tilgan qoidaga amal qiladilar. Chunki haqiyqiy mo‘minlarni tanib olish oson ularning siymolaridan qilayotgan solih amallarining asari ko‘rinib turadi. Faqat muammo fosiqlar bilan yuz beradi. Ular na yuz hotirni, na birodarlik haqqini biladilar. Ular har jabhada o‘zlarinining foydalarini o‘ylaydilar. Ular komillikka intilgan musulmonlarning andishalaridan kerak bo‘lsa zulumkorlik bilan foydalanadilar va o‘zlari zarar ko‘rmasliklari yo‘lida har qanday bezbetlikka tayyor bo‘ladilar. Shahsan men ham shunaqa «birodarlar»ga ro‘baro‘ bo‘lib turaman. Lekin ularning hatti harakatlari, muomalalari tajavvuzkorona bo‘lib iltifotga arzimasalar ularga ham moddiy, ham ma’naviy, ham jismoniy haqqimni berib qo‘ymayman.
1.Yoki men hato qilyapmanmi?
2.Shunaqa kimsalar yani musulmonlarning andishalaridan foydalanishga harakat qiladigan fosiqlar shar’an bizga birodar hisoblanadilarmi?
3.Ular (fosiqlar) bizning savdoimiz ustiga savdo qiladilar. Ular savdo qilishayotganda esa hiyla ishlatib mol egasiga boshqani yaqinlashtirmaydilarda o‘zlari ham shu narhga bermasang olmayman va boshqalar ham olmaydi eng yahshi narhni men berdim qabilida mol egasidan hiyla qilib uzoqlashdilar. Shunday payitda biz ulardan ham afzal narh berib savdo qilsak bo‘ladimi? Ular keyin Men qilyotgan savdo ustiga savdo qilding deb bizni malomat qilib janjal ko‘taradilar. Ular bozorda egoistlik qiladilar. Biz shunda nima qilmog‘imiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning hiylasini oshkor qilish savdosi ustiga savdo qilish hisoblanmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qalloblik qiluvchi bizdan emas” deb marhamat qilganlar. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar