Ishlatsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men 2-gruh nogironman, yaqinda yo‘lda mashina urib yubordi. Jarohat olgan boshim bilan erga tushibman. Urib yuborgan kishi “davoyim yo‘q” deb yozib bering dedi, men yozib beraman faqat davolanishimga pulim yo‘q deb tushuntirdim. Ular onamga borib mingdan-ming rozimiz deb bir million pul berib ketishibdi. Shu pulni ishlatsam bo‘ladimi? Dori darmondan tashqari boshqa ehtiyojlarimga ham ishlatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Bunday holatda ko‘rilgan zarar va davolanish harajatlarini to‘lash talofat etkazganning zimmasiga vojibdir. Ortig‘ini olishga haqqingiz yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:20 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar