Molni so‘yib nasiyaga sotish

Assalomu alaykum! Qassobga molimni so‘yib, chiqqan go‘shtini bozorda 50.000 bo‘lsa 4 bo‘lagini 45.000dan oladi. Necha kg chiqsa o‘sha pulni 7-10 kun ichida beradi. Shu ishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qassoblarning ko‘pchiligi kalla pochcha va terisini tekinga olish evaziga molni so‘yib olishlari harom hisoblanadi. Chunki evazsiz olingan har bir narsa sotuvchining haqqi bo‘ladi. Bunday qilishlari harom, olganlari ham harom. Go‘shtni nasiyaga savdo qilishlari joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:09 | Savol-javoblar | 175 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar