Ilm va rizq
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, yoshim sal kam 20da. Hozirda institutning 2-kurs talabasi bo‘ldim, alxamdulillah. Shu kungacha muqaddas Qur’ondan 1 poradan ziyodroq yodlashga Alloh muvaffaq qildi. Yoshligimda dangasalik qilib to‘xtatib qo‘yganimdan so‘ng mana endi yana Yaratgan izni ila Kalimullohni yodlashga qattiq kirishdim. Kuniga 5 qatordan yod olishni boshladim. Reja bo‘yicha xisoblasa 5 yil vaqt ketar ekan. Inshaolloh, niyatim xolis, qori maqomiga erishib hatmonalarga o‘tish. Barcha yaxshiliklari uchun Allohga shukr. Dinni chuqurroq urganib, xalqni hizmatida bo‘lishni Alloh dilimga soldi. Shu bois, imkon qadar tezrok Quronni yod olishni maqsad qildim. Ammo xunar o‘rganish vazifasi bor. Oilada to‘ng‘ich o‘g‘ilman, otamning boshlarida bir necha yildan beri mushkulotlari bor. Ishni, xunar o‘rganishni tashlab, o‘zimni islomiy ilm olishga bahshida qilsam to‘g‘ri bo‘larmikan degan hayol ketmayapti. Oila ro‘zg‘ori, nafaqasi va boshqa hamma majburiyatlar mening boshimga tushmaydimi! Ilmli kishini Alloh o‘zi aziz qiladi, rizqini oson qiladi, ortiqcha xunarga extiyoji bo‘lmaydi degan gaplarni ham eshitgan edim. Xunar o‘rganish orqali Alloh taolodan millioner bo‘lishni so‘ramayman, balki millionlab zakot berib ehson qilmoqlikni duo qilib so‘rab qolaman. Shunday bo‘lsada, institutga ketgan kontrakt xarajatlariga, vaqtimga Alloh taolo yo‘lida diniy ilm o‘rganish evaziga roziman. O‘qishga kelsak, Misr va Saudiya kabi davlatlaridagi jamiyyalarning tajribasini o‘rganib kelsam bo‘ladimi? Ustoz, Alloh taolo ilmingizni ziyoda qilsin, to‘g‘ri yo‘ldan ketishga maslahat bering. Qay birini ushlasam xam ohiratda xam dunyoda yutaman, qay biri xayrliroqdir?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ilm o‘rganing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 132 | Ta’lim va muta’allim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ilm o‘rganing. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 132 | Ta’lim va muta’allim